“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:56
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston hukumati faoliyatiga doir muhim hujjatlar tasdiqlandi

27 mar, 06:35 2 828 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston hukumati faoliyatiga doir muhim hujjatlar tasdiqlandi Hukumat qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjatlar Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Apparatning ustuvor vazifalari har yili Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda ham belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Hukumat qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan hujjatlari qarorlar shaklida, tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlari farmoyishlar shaklida qabul qilinadi.

Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik faoliyatiga oid hujjatlari muhokama qilinishi va belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri baholanishi kerak.

Prezident hujjatlari loyihalari hamda kelishish uchun Prezident Administratsiyasiga yuborilgan Hukumat hujjatlari loyihalari Hukumat tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil oʻrganiladi.

Shuningdek, Reglamentda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, qabul qilingan hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, joʻnatish, eʼlon qilish va ijrochilarga yetkazish tartibi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar