“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:46
ЎЗO‘Z

Ziyorat turizmi: Hindistonning imom va islom ulamolari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

25 mar, 21:34 3 299 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ziyorat turizmi: Hindistonning imom va islom ulamolari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi Hindistonning turli shtatlaridan boʻlgan imom va islom ulamolari guruhi qator turoperatorlar bilan birga Oʻzbekistonning ziyorat turizmiga oid salohiyati bilan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Kun.uz nashri Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi vakillaridan olingan maʼlumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Hindiston delegatsiyasi 23 martdan 28 martga qadar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻlib, hindistonlik salohiyatli ziyoratchilar uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqishmoqda. Safardan qaytgach, guruh aʼzolari Hindistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizmiga doir salohiyatini targʻib qilish boʻyicha keng axborot ishini olib borishni rejalashtirgan.

Delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi hamda hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan.

Holiday Merchants kompaniyasi direktori Vikas Xanduri Oʻzbekiston haqida shunday deydi:

“Ulkan turistik salohiyat va boy tarixiy-madaniy merosga ega Oʻzbekiston jahon sayyohlik bozorida yetakchi oʻrinni egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega. 21-23 fevral kuni Buxoroda boʻlib oʻtgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi forumida Oʻzbekiston ziyorat turizmi markazlaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonch hosil qildim. Shu bois Hindistonning turli shtatlari uchun Oʻzbekistonga ziyorat turlarni amalga oshirishga doir turistik dasturlarni oʻz ichiga olgan yangi paketlarni ishlab chiqishga qaror qildik”, - deydi u.

Vikas Xandurining taʼkidlashicha, Hindistonda Oʻzbekistonning muqaddas obidalarini ziyorat qilishni istovchilar koʻp, xususan, Imom Al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom At-Termiziy kabi memorial komplekslari hindistonliklarda katta qiziqish uygʻotmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 508
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar