“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:19
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev hukumatni shakllantirish tartibiga doir qonunni imzoladi

06 mar, 10:16 4 187 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev hukumatni shakllantirish tartibiga doir qonunni imzoladi 2019 yil 5 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar bermoqda.

Ushbu qonun hukumat ishini tashkil etishni tubdan yaxshilash, ijro hokimiyati organlarining bugungi kun talabiga javob beradigan, sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan.

Joriy yilning 1 aprel sanasidan kuchga kiradigan mazkur Qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilib, maʼqullanganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanish tartibi joriy etilmoqda.

Shuningdek, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash tizimi yaratiladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan har chorak yakuni bilan hisobot taqdim etib borishlari toʻgʻrisidagi tartib oʻrnatilyapti.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar