“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqirish muddati o‘zgartirildi

22 fev, 21:22 10 651 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqirish muddati o‘zgartirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, 2019 yildan chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilish davrida chaqiruv yoshidagi fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Hujjatda aytilishicha, 2018 yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari 2019 yilning mart-aprel oylarida rezervga bo‘shatilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlari yilning fevral—mart oylarida o‘tkazib kelinardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar