“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:54
ЎЗO‘Z

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish rasman qonuniylashtirildi

13 fev, 13:26 4 092 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish rasman qonuniylashtirildi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining IV bo‘limi quyidagi mazmundagi 85-band bilan to‘ldirildi:

“85. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish”.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining rus tilidagi matnida “Deystviye i (ili) opredelennaya deyatelnost, dlya soversheniya i (ili) osuщestvleniya kotorыx neobxodim dokument razreshitelnogo xaraktera’’ ustunining 68-pozitsiyasi “dobыchi poleznыx iskopayemыx” so‘zlaridan keyin “staratelskoy dobыchi dragotsennыx metallov” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “j” kichik bandining ikkinchi xatboshi “foydali qazilmalarni qazib olish” so‘zlaridan keyin “qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror 2019 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabr oyi oxirlarida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2019 yil 1 martdan boshlab:
- tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati joriy etiladi;
- qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati yer qa’ridan foydalanishning alohida turi hisoblanadi va u yer qa’ri uchastkalarida amalga oshiriladi;
- mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 1 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari taqdim etiladi;
- yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya beriladi, bunda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish huquqiga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi;
- yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarga jismoniy va yuridik shaxslar talabgor bo‘lishlari mumkin;
- litsenziya Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari bo‘yicha 3 yil muddatga beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 516
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar