“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:59
ЎЗO‘Z

Manipal xalharo universituti O‘zbekistonlik sobitqadam yosh talabalar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda

17 dek, 22:09 5 894 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Manipal xalharo universituti  O‘zbekistonlik sobitqadam yosh talabalar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda 2015 yil 19 dekabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida Malayziyadagi Manipal Xalqaro universitetida oliy xalqaro ta’lim - bakalavr darajasini olishning imkoniyatlari va sharoitlari yuzasidan seminar-taqdimot bo‘lib o‘tadi. Tadbirda moliyaviy sug‘urtalash, biznes boshqaruvi, injeneriya va aniq fanlar, kompyuter va biotexnologiyalar kabi sohalarda bilimga ega bo‘lishni istayotgan o‘zbekistonlik istiqbolli talaba yoshlarning ishtiroki kutilmoqda.

Malayziyadagi Manipal Xalqaro universiteti, dunyodagi eng yirik ta’lim markazlarining biri bo‘lmish Manipal Groupning a’zosidir. Xushmanzara ko‘l qirg‘og‘ida, yam-yashil tepaliklar orasidagi 60 gektar hududda joylashgan ta’lim muassasasi - Janubiy-Sharqiy Osiyoda ilk “yashil” universitet sifatida ma’lum.

«Oliy ta’lim muassasasining jo‘g‘rofiy joylashuvi, xavfsizligi darajasi, 2000 dan ziyod adabiyotlarni o‘z ichiga olgan va Onlayn katalogga ochiq kirish imkoniyatiga ega boy kutubxonasi, Malayziya va boshqa mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari va korporasiyalarida malaka orttirish imkoniyati kabi ko‘plab afzalliklari qatorida - malakali o‘qituvchilar jamoasi, ehtimol, universitetimiz g‘ururlanishi mumkin bo‘lgan eng qimmatbahosi va e’tiborga moligidir. Turli mamlakatlardan jamlangan eng yaxshi professorlar tanlagan sohasida etuk mutaxassis bo‘lishni rejalashtirgan yosh talabalarga butun o‘quv davri mobaynida o‘z bilim va tajribasini ulashishga doimo tayyorlar», - deya qayd etdi Manipal Xalqaro universitetining Xalqaro bo‘limi menejeri Adelina Rajendran.

O‘qish davomida talabalar turli yo‘nalishlar: neft va gaz, standartlashtirish va sifat nazorati, biofarmasevtika kabilarda ixtisoslashgan Malayziyaning etakchi sanoat kompaniyalarida tajriba o‘tash imkoniyatiga egalar. Ikkinchi kursdan keyin talabalar almashuv dasturlari imkoniyatlaridan foydalangan holda, AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklarining 30 ta turli xil universitetlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Universitetda o‘qishga qabul jarayonining to‘rtta mavsumi mavjud bo‘lib, bu talabalarga, boshqa universitetlardagi kabi faqat sentyabrda emas, balki yanvar, aprel va iyunda o‘qishga kirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Oliygohni tamomlaganlaridan keyin, talabalarga dunyoning mashhur oliy ta’lim muassasalarining jahon standartlariga javob beradigan bakalavr diplomlari beriladi. Shu bilan birga, universitet tomonidan bitiruvchilarning IBM, Citibank, Samsung, Airbus, Oracle, Nokia Siemens Networks, Dell, Nestle kabi mashhur kompaniyalarda ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Oliygohga o‘qishga kirish shartlari, hujjatlarni topshirish jarayoni to‘g‘risidagi batafsilroq ma’lumot va boshqa qiziqtiruvchi savollarga javoblarni 2015 yil 19 dekabr kuni, soat 10.00 va 14.00da Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan taqdimotga va ochiq eshiklar kuniga tashrifingiz chog‘ida olishingiz mumkin bo‘ladi.

Manipal Xalqaro universiteti haqida

Manipal Xalqaro universiteti Manipal Global Education Group ning a’zosi bo‘lib, u 1953 yilda tashkil topgan. Yiliga 20 000 talabagacha ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lib, oliygoh aniq fanlar, injeneriya, menejment va biznes kabi yo‘nalishlarda ko‘p sohali dasturlarni taklif qilmoqda. So‘nggi 60 yil ichida, Manipal Education Group ta’lim muassasalarining bitiruvchilari jahon miqiyosidagi o‘nlab muvaffaqiyatli kishilari qatoridan joy egallaganlar.

Guruh xalqaro tarmoqqa ega bo‘lib, u oltitta kampusdan iborat, va dunyoning 30dan ortiq universitetlarida o‘z vakolatxonalariga ega. Oliy ta’lim muassasasi hududi o‘zining birinchi darajali taraqqiy topgan infratuzilmasi bilan mashhur. Bu erda ham nazariy va ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlari, a’lo darajali yashash va dam olish sharoitlari mavjud bo‘lib, kampus Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan 45 minutli masofada joylashgan




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 95
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar