“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:25
ЎЗO‘Z

Harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

06 fev, 19:21 8 305 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini yilning fevral—mart oylarida o‘tkazilishi chaqiruv va yig‘in punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini ta’minlashda qator qiyinchilik va sarf-xarajatlarning ortishiga olib kelmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni o‘z vaqtida chaqiruv va yig‘in punktlariga yetib kelishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yo‘llar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida to‘liq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash, 2019 yil chaqiruvini sifatli o‘tkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ortiqcha sarf-xarajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni zaxiraga bo‘shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga o‘tkazish taklifi berilgan.

Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o‘tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar