“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 76 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda

05 fev, 18:57 4 930 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 76 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda 2018 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida oliy harbiy bilim yurtlaridan tashqari 76 ta oliy ta’lim muassasasi va 23 ta filiallar mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 4 ta akademiya, 11 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari, 31 ta universitet va 5 ta oliy diniy ta’lim muassasasi hamda filiallari faoliyat yuritmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018 yilda bakalavr darajasiga ega bo‘lgan talabalar soni 66594 nafarni tashkil etib, ularning 19105 nafari davlat grantlari asosida ta’lim olgan. 2018 yilda bakalavriat bosqichini bitirganlarning 25566 nafarini qizlar (38.4%) tashkil etadi.

Bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining 43,8 foizi gumanitar soha, 10,7 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq yo‘nalishi, 28,0 foizi ishlab chiqarish va texnik sohasi, 7,4 foiz qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi, 4,4 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi, 5,6 foizni xizmatlar sohasi bo‘yicha bitirgan.

2018/2019 o‘quv yili uchun magistraturaga jami 5755 nafar qabul qilingan talabalardan, 27,2 foizi (1555 nafari) davlat granti asosida, 72,8 foizi (4170 nafari) to‘lov shartnoma asosida qabul qilindi. 100 qabul qilingan o‘ringa o‘rtacha 236 ta ariza topshirilgan.

Magistratura bosqichida ta’lim olayotgan jami talabalar soni 11,647 nafarni tashkil etib, ulardan 34,9 foizi gumanitar sohada, 19,8 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq mutaxassisligi bo‘yicha, 21,7 foizi ishlab chiqarish va texnik sohada, 4,9 foizi qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassisligi bo‘yicha, 16,0 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot mutaxassisligi bo‘yicha, 2,7 foizi xizmatlar sohasida ta’lim olmoqda.

2018/2019 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasalarida 360,2 ming nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 159,4 ming nafarini qizlar tashkil etadi. Talabalarning 22,1 foizi davlat grantlari asosida, 77,9 foizi to‘lov-shartnoma asosida tahsil olmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar