“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:47
ЎЗO‘Z

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi

30 yanv, 11:00 4 562 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

2019 yil 1 apreldan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanishi;

barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash;

aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Belgilanishicha, 2019 yil 1 apreldan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayonida ular Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etadilar;

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 136
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar