“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:29
ЎЗO‘Z

Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

28 yanv, 12:02 5 510 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, u boshqa lavozimga o‘tkazilgan.

Suhrob Xolmurodov 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993 yildan beri bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. U 2017 yil martida Milliy bank rahbariga aylangan edi. Bungacha u bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Manba xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. U bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

Elyor G‘aniyev 1997-2002 yillarda tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005-2006 yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012 yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi. 2017 yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018 yil 27 avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 289
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar