“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

18 yanv, 20:38 16 478 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20 yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bermoqda.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ob-havo 20 yanvar kuni soviydi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va haroratning kunduzi +2, +4 daraja, kechasi -2, -0 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20 yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23 yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

20 yanvar kuni respublika bo‘yicha o‘rtacha harorat kechasi -2, +3 daraja, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi bildirildi.

21—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5, 0 daraja sovuq, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 20—21 yanvar kunlari havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. 22—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5, -10 daraja sovuq, kunduzi -5, 0 daraja iliq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 131
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar