“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 20:24
ЎЗO‘Z

Prezident qarori bilan mulk va yer solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar tasdiqlandi

28 dek, 09:20 6 776 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qarori bilan mulk va yer solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.

Qarorning mulk va yer solig‘iga bag‘ishlangan qismida quyidagilar keltirilgan:

12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i to‘lovchilarning to‘liq qamrab olinishi va ularning hisobi aniq yuritilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin.

Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini tuzishda xo‘jalik sub’ektlariga ko‘maklashsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro tajribani o‘rgangan holda 2019 yil 1 mayga qadar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi ob’ektlari, shuningdek, dala-hovlilari uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. 2019 yilda yagona yer solig‘i to‘lovchilar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2019 yil 1 yanvardan, tajriba tariqasida meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan undiriladigan yagona yer solig‘ining bazaviy stavkalari 20-ilovaga muvofiq kiritilsin.

14. 2019 yil uchun mahalliy yig‘imlarning chegaralangan stavkalari

21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, deyiladi Qarorda.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 505
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Bo‘limlar