“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 05:54
ЎЗO‘Z

Prezident: «Toshkentni yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur»

21 dek, 19:23 3 717 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «Toshkentni yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur» Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Toshkent shahrida 2017 yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga o‘sgani qayd qilindi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga, qurilish ishlari 11,6 foizga, xizmat ko‘rsatish 10,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu mamlakatimiz bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardandir.

Prezident Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

«Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, sug‘urta va boshqa zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar ichi esa innovatsion hudud bo‘lishi kerak», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Ijtimoiy soha, qurilish va kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, aholi va turistlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ham istiqboldagi muhim vazifalar belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 17 sentyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 16 sen, 14:57 31
  • O‘zbekistonda 16 sentyabr kuni ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi 15 sen, 23:02 24
  • Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi 14 sen, 15:11 25
  • O‘zbekistonda 9 sentyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 08 sen, 13:38 17
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi 07 sen, 23:48 33
  • O‘zbekiston qonunchiligida 1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi? 01 sen, 10:05 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 13
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 9
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 8
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 8
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 13
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar