“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Prezident DXXning asosiy vazifasi haqida gapirdi

08 dek, 13:58 5 786 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident DXXning asosiy vazifasi haqida gapirdi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini ushbu ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotimizdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.

«Joriy yilda xavfsizlik xizmati idoralarining vazifa va vakolatlari to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, barcha darajadagi xodimlar faoliyatiga xolisona baho berildi.

Ilk bor “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga asosan davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli himoya qilish yangi tuzilgan maxsus idoraning asosiy vazifasi etib belgilandi», - deydi davlat rahbari.

Uning qayd etishicha, ekstremizm va terrorizm xavfi, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi va iqtisodiyotiga tajovuzlar saqlanib qolayotgan bugungi tahlikali zamonda Davlat xavfsizlik xizmatining mard va jasur askar va ofitserlari har qanday buzg‘unchi kuchlarga qarshi murosasiz kurashishi va Vatan himoyasida mustahkam qalqon bo‘lishi zarur.

«Xabaringiz bor, yaqinda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini tekshirish maqsadida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan dala o‘quv mashqlari keyingi ikki yilda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan keng qamrovli ishlarning yaqqol namunasi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi. Biz bu boradagi ishlarimiz ko‘lamini yanada kengaytirgan holda, tizimli ravishda davom ettiramiz», - dedi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 20 may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 19 мая, 16:26 112
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 141
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 203
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar