“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

Endi respublikamiz aeroportlarida "sariq yo‘lak" va "ko‘k yo‘lak" tashkil etiladi

02 dek, 09:56 4 259 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi respublikamiz aeroportlarida "sariq yo‘lak" va "ko‘k yo‘lak" tashkil etiladi Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va chiqish tartibi soddalashtirildi, ular tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlari oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tizimda amalga oshiriladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Farmon bilan xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi joriy etiladi.

2018 yil 1 dekabrdan boshlab, «Sariq yo‘lak», bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

«Qizil yo‘lak», bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga qo‘llaniladi.

2019 yil 1 martdan boshlab, «yashil yo‘lak», xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;

«Ko‘k yo‘lak», xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini davlat bojxona organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab bekor qilindi.

Ko‘rsatuv davomida chet davlatdan avtotransport vositalari olib kirish tartibi, meva-sabzavotlarning eksporti, chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tish normalari hamda bojxona organlariga ishga kirish tartibi to‘g‘risida ko‘plab savollar kelib tushdi va tizim xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Manba: Zarnews.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar