“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasini berish huquqini IIVdan olib, xususiy biznes qo‘liga topshirmoqchi

01 dek, 20:04 4 940 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasini berish huquqini IIVdan olib, xususiy biznes qo‘liga topshirmoqchi Endilikda haydovchilarga guvohnoma va sertifikatlarni xususiy korxonalar berishi mumkin. Iqtisodiyot vazirligi guvohnoma berish vazifasini Ichki ishlar vazirligidan olib, xususiy sektorga berish haqida taklif kiritmoqda. Bu haqda muhokama portalidagi "Iqtisodiyotda davlat aralashuvini yanada cheklash" to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida keltirilgan.

"Ayrim davlat organlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun kerakli sharoitlar yaratishga qiziqmaydi. Davlatning iqtisodiyotda haddan tashqari ko‘p aralashuvi bozorda raqobatning susayishiga, monopoliyalar yuzaga kelishiga olib keladi. Monopoliyalar oldida xususiy tadbirkorlarning huquqlari ta’minlanmayapti. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar bajara oladigan qator ishlarni ularning tasarrufiga berish bo‘yicha choralar ko‘rilmayapti", deya ta’kidlanadi qaror loyihasida.


Shu bois, davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnini keskin kamaytirish va investitsion muhitni yaxshilash maqsadida, davlat organlarining bir qancha vazifalari, xususan, haydovchilik guvohnomasini berish huquqi ham ulardan olinib, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi mumkin.

Hozir haydovchilik guvohnomasi YHXBning ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan beriladi. Agarda bu vazifani xususiy tadbirkorlar bajaradigan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali nazorat qiladi.

Avtomobillarni egasining propiskadan o‘tgan joyiga hisobga qo‘yish ham IIVdan olinib, xususiy tadbirkorlarga berilishi rejalangan. Bu holatda ham IIV ushbu xizmat turini ko‘rsatadigan tadbirkorlarni akkreditatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, avtomobil yuk tashish xizmatini litsenziyalash, xalqaro yuk tashish faoliyatini olib boruvchi haydovchilar kvalifikatsiyasini oshirish, bunday faoliyat olib borishga ruxsat blankalarini berish kabi xizmat turlarini ham xususiy sektorga berish rejalangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar