“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:37
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni: «O‘zbekiston havo yo‘llari» endi yo‘q

28 noya, 17:38 10 779 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni: «O‘zbekiston havo yo‘llari» endi yo‘q Fuqaro aviatsiyasi, jumladan, yerusti infratuzilmasi ekspluatatsiyasining haddan ziyod monopollashuvi bu sohada xizmat ko‘rsatishning jahon darajasidan sezilarli ortda qolishiga, shuningdek, mamlakatdagi ayrim aeroportlarning rentabelligini yo‘qotishiga olib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan tegishli farmonida aytiladi.

Farmonga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qayta tashkil etiladi. MAK direksiya bazasida «Uzbekistan Airways​» AJ, «Uchuvchilar majmuasi» DUK, «Havo aloqalari bosh agentligi» va «O‘zaviatexta’minot» kompleksi ish boshlashi kutilmoqda.

O‘zbekistondagi aeroportlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida «Uzbekistan Airports​» AJ faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Jamiyat havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aeroport infratuzilmasini yaxshilash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Shuningdek, aeroportlar hududida zamonaviy savdo shoxobchalar faoliyatini shakllantirish va bank xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.

Hujjatga ko‘ra, milliy aviakompaniya qoshida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qilish bo‘yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo‘yilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar