“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:17
ЎЗO‘Z

Tojikiston O‘zbekistonga qancha elektr energiyasi eksport qilgani aytildi

26 noya, 18:20 4 292 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston O‘zbekistonga qancha elektr energiyasi eksport qilgani aytildi Joriy yilning aprel-sentyabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/s. elektr energiyasi eksport qildi. «Barki tochik» korxonasi raisining birinchi o‘rinbosari Mahmadumar Asozoda xabariga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistonga 1 mlrd 480 mln kVt/s. tojik elektr energiyasi har bir kilovatt uchun 2 AQSh senti narxida eksport qilingan, deya xabar beradi Kun.uz.

«Barki tochik» vakilining so‘zlariga ko‘ra, joriy yil sentyabr oyidan boshlab qo‘shni O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti ichki ehtiyojlarni qondirish maqsadida to‘xtatildi.

«Tojikistondagi monitoring va erta ogohlantirish» hisobotida ta’kidlanishicha, shu yilning sentyabr oyida o‘zbek iste’molchilari qariyb 182 mln kVt/s tojik elektr energiyasini olishdi. Bu raqam shu yilning avgust oyi hajmi bilan taqqoslaganda 200 mln kVt/s.ga kamroq.

O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni bosqichma-bosqich qisqartirish iyul oyidagi eng yuqori hajmdan (417 mln kVt/s) keyin ro‘y berdi.

Bundan oldin O‘zbekiston joriy yilning aprelidan boshlab har oyda 110-120 mln kilovatt-soat tojik elektr energiyasini olgan.

Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga binoan, joriy yil davomida O‘zbekistonga kamida 1,5 mlrd kVt/s. elektr energiyasi yetkazib berishi kerak edi. Har bir kilovatt narxi 2 AQSh sentiga teng bo‘lishi lozim.

Sentyabr oyida Afg‘onistonga ham elektr energiyasi eksporti hajmi kamaydi - avvalgi oylardagi 200 million kVt/s.dan sentyabr oyidagi 158 mln kVt/s.gacha.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar