“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi?

17 noya, 08:27 6 676 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi? Bugun, 16 noyabr kuni xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani «Bolalar va yoshlarning manaviy-axloqiy tarbiyasida oilaning roli« mavzusiga bag‘ishlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Anjumanda «Oila « ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Jurnalistlar anjuman davomida O‘zbekistonda oila qurish yoshini kattalashtirish taklifini berdi. Hamda so‘nggi vaqtlarda ajrashishlarning ko‘pligining birlamchi sababi moddiy qiyinchiliklar emasmi, degan savolni o‘rtaga tashladi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatovaning aytishicha, O‘zbekistonda aholining 98% oilalarda istiqomat qiladi va O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq oilalar mavjud. Oilalarning buzilishining birlamchi sababi esa moddiy qiyinchiliklar emas. Oiladagi tarbiya, ikki yoshning axloqi ko‘proq nikohning mustahkamligiga ta’sir etadi.

Nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha esa xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita raisi o‘rinbosarining aytishicha, nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etilgan. Biroq, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba’zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 46
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar