“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:03
ЎЗO‘Z

Chet ellik sayyohlar 2018 yilda O‘zbekistonda salkam $1 mlrd sarflashadi

17 noya, 04:53 4 250 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chet ellik sayyohlar 2018 yilda O‘zbekistonda salkam $1 mlrd sarflashadi 2018 yilning oxiriga qadar O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet ellik sayyohlardan kelgan daromad 951 mln dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulov Turizm bo‘yicha xalqaro investitsion forumga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Yuqorida aytilgan daromad summasini aniqlash uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy davomida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan. So‘rov natijalariga ko‘ra differensial hisob-kitoblar amalga oshirilgan.

Oldinroq Davlat statistika qo‘mitasi 9 oy davomida O‘zbekistonga 4,7 mln nafar chet ellik tashrif buyurganini ma’lum qilgandi. Ularning 7 foizi – 327,2 ming kishi sayohatga, qolgani esa qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelgan.

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulovning aytishicha, xorijlik turistlar soni 10 oyda 4,4 mln.ni tashkil etgan, bunda qarindoshlarini yo‘qlashga kelganlar ham qo‘shib hisoblanishi shart. 327 ming odam esa faqat turistik firmalar orqali guruh bo‘lib kelgan sayyohlardir.

"Biz sayyohlar sonini xalqaro standartlarga muvofiq hisoblab chiqdik. Bunda tranzit orqali o‘tgan va qisqa muddatga kelgan chet elliklarni hisobga olmadik. Boshqa mamlakatlar ham xuddi shunday hisoblaydi. Misol uchun, o‘tgan yili Malayziyaga 26 mln sayyoh kelgani hisoblangan, shundan 13 mln sayyoh unga qo‘shni bo‘lgan Singapurdan kelgan. Biroq, barchamiz bilamizki, Singapur aholisi faqatgina 5,6 mln kishini tashkil qiladi", – dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.

Abdulaziz Oqqulovning fikricha, ushbu ko‘rsatkichlar sayyohlik infratuzilmasi salohiyatini baholash, rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va turizmdan olingan daromadlarni hisoblash uchun zarurdir.

2018 yil 19 noyabrdan 21 noyabrgacha "O‘zekspomarkaz"da birinchi Xalqaro investitsion forum o‘tkaziladi. Unda qariyb 500 kishi qatnashishi kutilmoqda, ulardan 175 tasi xorijiy investorlardir. Forumda 600 dan ziyod investitsiya loyihasi namoyish etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar