“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Makronning internet bo‘yicha rejasiga qo‘shildi

13 noya, 13:20 3 957 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Makronning internet bo‘yicha rejasiga qo‘shildi 12 noyabr, dushanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron internetni boshqarish bo‘yicha forumda «Kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i»ni (Paris Call for Trust and Security in Cyberspace) taqdim etdi. U internetni tartibga solishni ta’minlashi lozim bo‘lgan memorandumdir, deb yozadi Kun.uz nashri.

Hujjat 51 mamlakat, bir necha yuzlab tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi - jami 370dan ortiq imzo qo‘yildi. Bundan Fransiya tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan hujjat darak bermoqda. Hujjatga qo‘shilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.

Makronning ma’lum qilishicha, internetni tartibga solishda ikkita yondashuv bor: Kaliforniya, u to‘liq nazoratsizlikni nazarda tutadi va Xitoy, bunda davlat tarmoqni to‘liq nazorat qiladi. Fransiya prezidenti unisini ham, bunisini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar fuqarolarni o‘z ma’lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararli mahsulotlardan himoya qilishi kerak. Unga ko‘ra, hujjatni imzolaganlar soni ortib boradi.

Memorandumga global AT-gigantlardan - Microsoft, Google, Facebook, IBM, Oracle, Nokia va boshqalar qo‘shildi.

Memorandumga binoan, imzolovchilar foydalanuvchilarni zararli harakatlardan himoya qilish, internet resurslar mavjudligiga zarar yetkazadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, saylovlarga xorijiy aralashuvlar va intellektual mulkni o‘g‘irlashning oldini olish, shuningdek, tarmoqdagi davlat hamda nodavlat sub’ektlarni kiberhujumlardan himoya qilish majburiyatini oladi.
O‘zbekiston, Makron, internet




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 4
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 3
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 20
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 124
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 134
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 218
  • Bo‘limlar