“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlarni tekshirish tartibiga doir qaror tasdiqlandi

10 noya, 04:09 4 637 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlarni tekshirish tartibiga doir qaror tasdiqlandi Hukumat qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra endilikda tadbirkorlarni tekshirish faqatgina belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar soni, shuningdek, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilanadi.

Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Quyidagilar attestatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega xodimlar toifasini aniqlash;
- xodimlarning kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish zarurligini aniqlash;
- tadbirkorlar faoliyatini tekshirishni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish jarayonida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiya sifatli va xolisona o‘tkazilishi uchun javob beradi.

Oldin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq mazkur faoliyatni tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan, shuningdek ushbu sohada qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Attestatsiyadan o‘tishda elektron moslamalardan, ma’lumotnoma, maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek har qanday yozuvlardan foydalanish man etiladi. Ko‘rsatilgan talablar buzilgan hollarda attestatsiyadan o‘tkaziluvchilar attestatsiyadan chetlatiladi va undan o‘tmagan deb hisoblanadi.

Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tgan xodimga maxsus guvohnoma beriladi.

Attestatsiyadan o‘tmagan xodimga tadbirkorlar faoliyatini tekshirish man etiladi. Nazorat qiluvchi organ rahbari mazkur xodimni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga o‘tkazishi mumkin.
Tadbirkorlar, Attestatsi, tekshirish tartibi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 527
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar