“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:40
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida Isroilni namuna qilib ko‘rsatdi

01 noya, 01:39 4 135 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida Isroilni namuna qilib ko‘rsatdi Foto: «President.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktyabr kuni qishloq xo‘jaligini kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Keyingi ikki yilda qishloq xo‘jaligida tub islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Sohada bozor munosabatlarini joriy etish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilindi. Fermer va dehqonlarning daromadini oshirish maqsadida yangicha tizim joriy qilinib, ko‘plab dolzarb masalalar hal qilib berildi. Yetarli miqdorda mablag‘ ajratildi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Isroil davlatining bu boradagi tajribasi ko‘rsatib o‘tildi. U yerda qishloq xo‘jaligi tomchilatib sug‘orishga moslashgani uchun bir kilometr ham kollektor drenaj tarmog‘i va sho‘rlangan maydonlar yo‘q. Melioratsiya tadbirlariga umuman xarajat qilinmaydi.

Yurtimizda suvni tejash texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha yetarli ish olib borilmayotgani, buning oqibatida 140 ming kilometr uzunlikdagi kollektor drenajlarga katta mablag‘ sarf bo‘layotgani tanqid qilindi.

– Suvni tejovchi texnologiyani qo‘llash hisobiga 50-60 foiz suvni iqtisod qilish mumkin. Birgina ko‘chma egiluvchan quvurlardan foydalanish suvni 10-15 foizga, tomchilatib sug‘orish esa 35-65 foizga tejash imkonini beradi. Lekin, tomchilatib sug‘orish tizimi juda kam maydonlarda joriy etilgan, xolos, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, 2019-2021 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi kompleksidagi eng asosiy masalalardan biri eksportbop meva-sabzavot yetishtirish va uni eksport qilishdir. Ammo Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hududlar rahbarlari bilan tizimli ish olib bormagani oqibatida eksport prognozini to‘liq ta’minlay olmaslik xavfi mavjudligi qayd etildi.

Shu bois har bir hudud bilan eksport bo‘yicha ikki oylik rejani kunma-kun belgilab, tizimli bajarish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, kegusi yil eksporti uchun sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zbekistonning iqlim sharoiti ertapishar mahsulotlar yetishtirish imkonini beradi. Bahor oylarida xorijiy mamlakatlarda ularga talab ortadi. Lekin bu imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti.

Yig‘ilishda tegishli vazirlik va tashkilotlarga Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

– Yana bir bor aytaman, eksport davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun har bir vazirlik va idora eksportni rivojlantirishi kerak, – deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Yig‘ilishda yangi tashkil qilgan uyushmalar faoliyatiga ham e’tibor qaratildi. Ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yangilikka intilmayotgani, sohadagi o‘rni sezilmayotgani tanqid qilindi.

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yerni haqiqiy egasiga berish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug‘chilikni rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash sohasini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar