“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilindi

17 okt, 12:05 6 189 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilindi 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga o‘sishni ta’minladi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ta’lim sohasida 21 858ta muassasada 998,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,3%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 11461,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 29,0%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 275,8 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,1%ga o‘sdi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 603ta korxonada 457,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 10494,9 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 26,5%ni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2550,9 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 28,6%ga o‘sdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1414ta muassasada 431,4 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 16,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4215,4 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 10,7%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1085,7 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 17,7%ga o‘sdi.

Moliyaviy va sug‘urta faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 172ta muassasada 67,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 2,6%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1943,0 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 4,9%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3213,1 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 27,6%ga o‘sdi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 203ta korxonada 115,7 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 4,4%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 2458,2 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 6,2%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2361,2 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 23,7%ga o‘sdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 45
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar