“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:38
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

15 okt, 16:00 5 429 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 2497,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 33,0 ming kishiga yoki 1,3%ga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 34,0 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,3 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,7ga (2017 yilning mos davrida - 17,6 promille bo‘lgan) o‘sdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 11,9 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 461 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,4 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3ga kamaydi (2017 yilning mos davrida - 6,7 promille bo‘lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 22,1 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming kishiga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 19,9 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14,4 mingta nikoh va 3,1 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,7 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 7,5 promille bo‘lgan).

Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bo‘lgan) o‘sgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar