“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:03
ЎЗO‘Z

Toʻyxona va choyxonadagi qingʻirliklar

12 okt, 19:45 6 190 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toʻyxona va choyxonadagi qingʻirliklar Oltiariq tumanida joylashgan toʻyxonada MIB Oltiariq tuman boʻlimi xodimlari tomonidan 26.07.2018 yilda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida toʻyxona ish yurituvchisi M.Oʻ. tuman gaz taʼminoti korxonasi ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan yashirin ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib olib, 5 dona milliy oʻchoq, 1 dona PG 4 gaz plitasi, 1 dona isitish qozonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Fuqaro M.Oʻ. davlat manfaatlariga 22,5 mln. soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazishda ifodalangan harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 1852 moddasi 2 moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Jinoyat kodeksining 1852 moddasi 6 qismida birinchi marta jinoyat sodir qilgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Qonun talabi M.Oʻ.ga tushuntirildi va u 22,5 mln. soʻmlik davlatga yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini toʻliq qoplab berdi.

Shunga koʻra, unga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan 07.09.2018 yilda JPKning 84 moddasi 1 qismi 8 bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Oltiariqdagi choyxonalarning birida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro I.U. choyxonadagi 14 dona miliy oʻchoqlar va 1 dona choy qaynatish bokini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan qanday ruxsatsiz yashirin ravishda ulanib olgan. I.U. davlatga 28,0 mln. soʻmlik moddiy zarar yetkazgan.

Qonunda belgilangan imkoniyat unga tushuntirilgach, 28,0 mln. soʻm miqdordagi moddiy zarar oʻrnini toʻliq qoplaganligi sababli toʻplangan hujjatlar yuzasidan 22.09.2018 yilda JPKning 84 moddasi 1 qismi 8 bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat ularning energiya resurslarini talon-toroj qilishga asos boʻlmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar