“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:38
ЎЗO‘Z

Prezident: “Qaysi mahsulot koʻproq daromad keltirsa, oʻsha ekiladi”

13 okt, 08:27 4 896 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: “Qaysi mahsulot koʻproq daromad keltirsa, oʻsha ekiladi” Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Boʻka tumaniga tashrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari “Valixon ota” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, paxta terimini koʻzdan kechirdi.

Joriy yil iyul oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida davlat rahbari gʻoʻza rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qoʻshish boʻyicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq, Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Boʻka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.

Prezident shu yerda viloyat fermerlari va qishloq xoʻjaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar koʻp boʻldi. Paxta rivoji kechikdi.

Davlat rahbari hamma sohalar qatori qishloq xoʻjaligida ham asosiy maqsad xalq manfaati ekanini, qaysi mahsulot koʻproq daromad keltirsa, oʻsha ekilishini taʼkidlagan.

“Manfaatdorlik boʻlishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda koʻrish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi boʻlishi uchun har bir odam oʻzi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Bu yil paxta hosilini yigʻib-terishda narx ikki barobar oshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida bir kilogramm paxta terish uchun ming soʻmdan ziyod pul toʻlanmoqda.

Muloqotda fermerlarga oʻz mehnati samarasini koʻrish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yogʻinli kunlarga qoldirmay yigʻib olish zarurligi taʼkidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 131
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar