“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:36
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofotiga tavsiya etiladi

12 okt, 21:02 4 783 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofotiga tavsiya etiladi Tojikiston oʻzbeklar jamiyati 2019 yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti berilishi uchun Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari nomzodini taklif etadi. Bu haqda Tojikistondagi oʻzbeklar jamiyati jamoatchilik tashkiloti raisi Muharrama Mirzoaliyeva maʼlum qildi deb yozadi Turon24.uz nashri.

Uning taʼkidlashicha, Tojikiston oʻzbeklar jamiyati kelasi yil Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida imzo toʻplash kampaniyasini boshlab yubordi.

Bu haqda ilk marta Vahdat tumanidagi “Guliston” qishloq kengashi fuqarolari yigʻinida 10 oktyabr kuni maʼlum qilingan edi. Yigʻilishdan soʻng jamiyat raisi tashabbus guruhining Norvegiya Nobel qoʻmitasi bilan bogʻlanganini aytdi.

“Bizga nomzodlarni koʻrsatish jarayoni haqida batafsil tushuntirishdi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi prezidentlar nomzodini Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga koʻrsatish masalasida hukumat tuzilmalarining arizasini olmasligi maʼlum boʻldi. Agar davlat rahbari nomzodi jamoat tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa, u holda ularning arizasi albatta qabul qilinadi”, – deydi Muharrama Mirzoaliyeva.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon nomzodini 1997 yil mamlakat hukumati va Birlashgan tojik muxolifati orasida tinchlik shartnomasi imzolanishi va Tojikistonda tinchlik oʻrnatilgani munosabati bilan ham Nobel mukofotiga taklif etishgandi. Oʻsha yili Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti BMT Bosh kotibi Kofi Annanga berildi.

Oʻzbekistonda ham bir muddat oldin baʼzi faollar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga koʻrsatish taklif etilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 137
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar