“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:38
ЎЗO‘Z

Odam savdosiga qarshi kurashdagi xatolar uchun Qoraqalpog‘iston hukumati raisi va Sirdaryo hokimi tanqid qilindi

28 dek, 15:46 7 444 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odam savdosiga qarshi kurashdagi xatolar uchun Qoraqalpog‘iston hukumati raisi va Sirdaryo hokimi tanqid qilindi O‘zbekiston Bosh prokuraturasida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 26 dekabr, juma kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi hamda uning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tahliliy ishchi guruhi a’zolari, Bosh prokuraturaning xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Ichki ishlar vaziri, prokurori, Sirdaryo viloyati hokimi, prokurori va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdilar.

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatida odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari, shuningdek respublikada aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda belgilangan tartibda chet davlatlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasi masalalari muhokama etildi.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha ushbu hududlarning idoralararo komissiyalari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan sohadagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda muayyan ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, uning og‘ir oqibatlari haqida aholini xabardor etish maqsadida “Odam savdosi – davr muammosi” tag‘ribot loyihasi doirasida 1,5 mingdan ortiq tadbirlari o‘tkazilib, ularda 120 mingga yaqin fuqarolarning ishtiroki ta’minlangan. Jamoat joylarida odam savdosi jinoyatlaridan ogoh etuvchi ko‘rgazmali targ‘ibot vositalarini o‘rnatish hamda tarqatishga alohida e’tibor berilgan, natijada ushbu hududlarda odam savdosi jinoyatlarining kamayishi kuzatilgan.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish odam savdosining oldini olishda muhim omil bo‘lishini inobatga olib, bu borada tasdiqlangan Dasturlar ijrosini ta’minlashda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash Dasturiga muvofiq respublika bo‘yicha 930,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan hamda o‘tkazilgan 1,1 mingta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 60,8 ming nafar fuqarolarga ishga yo‘llanma berilgan.

“Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatidagi ayrim tuman-shahar komissiyalarida odam savdosi jinoyatlarining oldini olish va unga qarshi kurashishda hamda mamlakatda ish o‘rinlarini tashkil etish, aholini ayniqsa kollej bitiruvchilarini bandligini ta’minlashda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi tanqid ostiga olindi”, – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tadbirda joylarda hududiy idoralararo komissiyalar, davlat idoralari, jamoat hamda nodavlat tashkilotlari bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirishlari, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishlari lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ushbu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar