“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:03
ЎЗO‘Z

Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi sanasi maʼlum boʻldi

27 sen, 15:50 6 178 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi sanasi maʼlum boʻldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktyabr oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

“Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtadi”, - deya Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi xabarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Vazirlikning xabar berishicha, Rossiya prezidentining rasmiy tashrifi doirasida Rossiya-Oʻzbekiston birinchi hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi.

Mirziyoyev va Putinning oxirgi uchrashuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari yetakchilari sammitida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7 sentyabr kuni Rossiyaga tashrifi davomida Moskvada RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, Putinning Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalarni muhokama qilgandi.

Dmitriy Medvedev 2017 yilda ikki tomonlama savdo hajmi uchdan bir qismga ortganini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tendensiya joriy yilning birinchi yarmida ham saqlanib qoldi.

“Oʻzaro savdoning oʻsishi deyarli uchdan bir qismni tashkil etdi - 32%. Rossiya yana Oʻzbekistonning savdo sheriklari orasida eng yuqori pogʻonaga chiqib oldi, bu, albatta, bizni quvontiradi”, - deya taʼkidlab oʻtdi bosh vazir. 2017 yilda Rossiyaning Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi 3,651 milliard dollarga teng boʻlib, 2016 yilga nisbatan 33,96 foizga oshdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar