“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:02
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlarga yana imkoniyat. Bundan albatta foydalaning!

26 sen, 15:06 5 358 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlarga yana imkoniyat. Bundan albatta foydalaning! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarni jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3939-sonli Qaroriga asosan boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolariga sotilishi belgilandi.

Qarorga asosan tadbirkor va investorlarga yanada qoʻlaylik yaratish maqsadida boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalarini elektron auksioni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi belgilab oʻtildi.

Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 1132 ta boʻsh yer uchastkalari, 303 894,0 mln.soʻm investitsiya kiritish, 2705 yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 3 132,0 mln. soʻm miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 34 boʻsh yer uchastkalari 8 500,0 mln.soʻm investitsiya kiritish, 100 ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 225,2 mln. soʻmga sotildi.

Hozirda, “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1098 ta boʻsh yer uchastkalari 2 906,8 mln.soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Boʻlib oʻtgan auksion savdolarda tadbirkorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarida qatnashib gʻolib boʻlishga erishmoqdalar.

Jumladan, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shahri, “Iftixor” MFY hududidan chiqarilgan yer uchastkasi 1.367.200 soʻm boshlangʻich bahoda auksion savdolariga chiqarilib, boʻlib oʻtgan auksion savdo natijalariga koʻra 148.163.464 soʻmga sotildi.

Yana bir misol, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Turon” mahalla hududidan chiqarilgan yer uchastkasi 849.500 soʻm boshlangʻich bahoda auksion savdolariga chiqarilib, boʻlib oʻtgan auksion savdo natijalariga koʻra, 18.102.845 soʻmga sotilib, oʻz egasiga topshirildi.

Aytish kerakki, keyingi vaqtlarda tadbirkolarimizning emin-erkin faoliyat olib borishi uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda,
Bu borada, Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK ham tadbirkorlarimiz uchun juda qulay imkoniyat boʻlmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar