“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:05
ЎЗO‘Z

Xushxabar: respublikadagi yana 9 ta OTMga qoʻshimcha kvotalar berildi

21 sen, 22:33 7 189 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xushxabar: respublikadagi yana 9 ta OTMga qoʻshimcha kvotalar berildi Oʻzbekistondagi 9ta oliy taʼlim muassasasida 2018/2019 oʻquv yilgi oʻqish uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati maʼlumotiga tayangan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, qoʻshimcha qabul kvotasi boʻyicha oʻqish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilishi nazarda tutilgan boʻlib, bular:

Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);

Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).

Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);

Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);

Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);

Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);

Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat).

Toʻlov-kontrakt asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentyabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktyabridan boshlanadi. Kirish imtihonlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi. Qoʻshma dastur doirasida taʼlim oladigan talabalar oʻqishi mazkur va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oʻqishga koʻchirilmaydi va tiklanmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar