“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:36
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev yangi tuzilma tashkil etishni taklif qildi

20 sen, 21:30 4 667 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev yangi tuzilma tashkil etishni taklif qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengash tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbarining “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytiladi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengashni tashkil etish maqsadga muvofiq, u transport-logistika sohasi muammolarini hal qilishda muvofiqlashtiruvchi tuzilmaga aylanadi”, - deyiladi bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan oʻqib eshittirilgan murojaatda.

Oʻzbekiston Prezidenti Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tuzilmalar mutaxassislarining koʻmagida mintaqaviy transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha strategiya ishlab chiqishni ham taklif etdi. Kelgusida uning asosida transport tizimini barqaror rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dastur qabul qilinishi kerak.

“Mintaqa davlatlari SHHT faoliyatida muhim rol oʻynashini hisobga olsak, ushbu tashkilot doirasida integratsiyalashgan transport tashuvlarini boshqarish tizimini yaratish kerak”, - deya hisoblaydi Mirziyoyev.

Shuningdek, uning fikriga koʻra, mintaqaning turistik jozibadorligini oshirish uchun transport kommunikatsiyalari va infratuzilmani birgalikda rivojlantirish zarur. “Bunga Butunjahon turistik tashkilot bilan birgalikda mintaqadagi turistik xablarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish yordam berishi mumkin”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi davlat rahbari.

“Bu va boshqa tashabbuslarning amalga oshirilishi Markaziy Osiyodagi barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mintaqaga aylantirish, global transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol oʻynaydi”, - deyiladi murojaatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar