“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:20
ЎЗO‘Z

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi

25 avg, 23:35 11 168 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov “Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining «multikam” rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga muvofiq vazirlik qoʻshinlarini yangi turdagi formali kiyimi bilan butlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 28 avgustda Kattaqoʻrgʻon umumqoʻshin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv vaqtida harbiylarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotganiga alohida eʼtibor qaratib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018 yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarini tikish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan toʻqilgan maxsus matolarni ishlab chiqarish vazifalarini qoʻygan edi. Shundan soʻng, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda vazirlik qoʻshinlariga yangi namunadagi kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish uchun maxsus matolarni joriy qilish masalalalari ishlab chiqildi”, – deydi vazirlik Kiyim-kechak taʼminoti boshqarmasi boshligʻi mayor Rustam Mahmudov.

Mazkur sohada ilgʻor tajribaga ega boʻlgan Rossiya, Ozarboyjon, Turkiya, Pokiston, Xitoy, Germaniya, Italiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning harbiy kiyim-kechaklari oʻrganib chiqildi. Unga asosan bir necha turdagi formali dala kiyimlarining namunalari tayyorlanib, qoʻshinlar sinovidan oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilarning bildirgan taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilib, “multikam” rangli dala formali kiyim-bosh mamlakatimiz iqlim sharoiti hamda qoʻshinlar niqoblanishi uchun eng maʼqul deb topilgan.

Shuningdek, joriy yilning 13 iyun kuni davlatimiz rahbarining Fargʻona viloyatiga amalga oshirgan tashriflari mobaynida yangi namunadagi “multikam” rangli dala formali kiyim-boshga yuqori baho berilgan edi.

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “multikam” rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xozirgi vaqtda Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari yangi turdagi dala kiyim bilan toʻliq taʼminlandi.

Harbiy xizmatchilarning formali ust-bosh kiyimlarini yanada takomillashtirish ustida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar