“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda

18 avg, 07:00 4 745 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ishtirokida jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifing vaqtida ma’lum qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida 320 megavattdan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gidro elektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Bu obyektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilishi mumkin.

Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga bu borada xalqaro tashkilotlar auditidan o‘tgan tayyor loyihalar mavjudligi haqida ma’lumot bergan.

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya ushbu masalani ko‘rib chiqadi.

Imomali Rahmonning qayd etishicha, O‘zbekiston va Tojikiston ushbu stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlatadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tojikistonning Sarez ko‘li ichimlik suvidan birgalikda foydalanishi mumkin.

“Men ko‘p minbarlarda, xalqaro davralarda, xususan BMTda ham ko‘p bor ta’kidlaganman: «Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz”. Aksincha, bugungi muzokaralar davomida qo‘shnilarimizni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 17 km³ hajmdagi Sarez ko‘lining suvlaridan hamkorlikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdim», degan Imomali Rahmon.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar