“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda abiturientlar hujjatlarini qaytarib olish uchun elektron ariza berish xizmati joriy etildi

27 dek, 12:26 8 667 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda abiturientlar hujjatlarini qaytarib olish uchun elektron ariza berish xizmati joriy etildi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Abituriyentlarning hujjatlar to‘plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish yangi interaktiv xizmati joriy etildi. Ayni chog‘da, abituriyentlar portalda belgilangan ma’lum qonun-qoidalar asosida topshirilgan hujjatlarini pochtadan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deb yozadi index.uz.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun abituriyent kvitansiya blankasini yuklab olib, uni to‘ldirgan holda bank bo‘linmasi yoki aholidan to‘lov qabul qiladigan kassaga taqdim etishi va eng kam ish haqining 15% miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Ushbu to‘lov oliy ta’lim muassasasi, pochta xizmati va sug‘urta xizmatlarini qoplash uchun undiriladi.

Hujjatlar to‘plami pochta bo‘limi tomonidan abituriyentga yo_llangan vaqtdan boshlab 3 kun ichida arizachi kabinetiga shtrix kod yuboriladi. Ushbu shtrix kodni “Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qidirish” xizmatiga kiritish orqali pochta yollanmasining holati va turgan joyini aniqlash mumkin.

Pochta yollanmasi arizachi ko‘rsatgan manzil bo‘yicha eng yaqin pochta bo‘limiga 7 kun ichida yetkazib beriladi. Arizachiga pochta yollanmasi yetib kelganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma telefon orqali ham yetkazilishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasasi tomonidan jo‘natilgan hujjatlar pochta bo‘limiga yetib borgach, arizachi pochta yollanmasini 30 kun davomida olib ketishi kerak, aks holda, hujjatlar to‘plami jo‘natuvchiga qaytariladi. Qaytarilgan hujjatlarni takroran jo‘natish uchun murojaat qilingan holda, arizachidan qaytarish va takroran jo‘natish bilan bog‘liq to‘lov undiriladi.

Bu xizmat haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi manzilda keltirilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mamlakatimizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanayotganining yorqin dalilidir. Portalni takomillashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, shubhasiz, tez orada davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, fuqarolar hamda yuridik shaxslar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatishga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar