“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 13:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev vinobop uzumzorlarni ko‘paytirishni topshirdi

03 avg, 23:00 3 885 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev vinobop uzumzorlarni ko‘paytirishni topshirdi Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 avgust kuni vinochilik sohasini rivojlantirish, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yilning birinchi yarmida mamlakat sanoati 11 foizga o‘sgan holda, sharobsanoat tarmog‘idagi o‘sish bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil etgani tanqid qilindi. Aroq ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 71 foiz, vino – 57 foiz, spirt – 76 foiz, shampan vinosi – 7 foizni tashkil etgan. Oqibatda birinchi yarim yillikda ishlab chiqarish prognozlari bajarilmagan.

Yana bir jihat – shu soha rivojlangan mamlakatlarda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino ulushi 75-80 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda vinochilik e’tibordan chetda qolib ketgan, uzum vinosi ishlab chiqarish so‘nggi 10 yilda 2,5-3 barobar kamaygan. Birlamchi vino ishlab chiqarish korxonalari xomashyo kamligi sababli mavjud quvvatlardan atigi 15 foiz foydalanmoqda. Vinomaterial tayyorlovchi korxonalarning atigi 25 foizi modernizatsiya qilingan.

Aynan shu bois vinochilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, 2021 yilgacha «O‘zsharobsanoat» tarmog‘idagi uzumzorlarni 20 ming gektarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish, vinobop uzumzorlar va zamonaviy pitomniklar tashkil etish, aroq zavodlarining litsenziya shartlariga ma’lum maydonda uzumzorlar barpo etish va tayyor vino mahsulotlari ishlab chiqarish talabini kiritish masalalari muhokama qilindi.

Uzumchilik va uzumni qayta ishlashni keskin rivojlantirish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va yangi quvvatlar tashkil etishga qaratilgan 5 yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«O‘zsharobsanoat» tizimidagi agrofirmalar faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, o‘zlashtirilmagan yoki samarali foydalanilmayotgan yer maydonlarini vinobop uzumzorlar tashkil etish uchun klaster usulida xususiy mulkdorlarga berish zarurligi ta’kidlandi.

Jahon bozori talabi darajasidagi vino ishlab chiqarish imkonini beradigan «pino nuar», «shardone», «sovinon-blan» kabi uzum navlari qalamchalarini olib kelib, qat’iy karantin sharoitida ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Ko‘pchilik mamlakatlarda uzumdan boshqa mevalardan ham vino, sirka va sidr tayyorlanadi. Ushbu xorijiy tajribani o‘rganib, qayta ishlanmayotgan meva-chevalardan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va keyingi yillarda kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Vinochilik va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish orqali tarmoq eksportini keskin oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayoniga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, «ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi» zanjirini ta’minlaydigan elektron tizim yaratish, yurtimizga sifatsiz mahsulotlar kirib kelishi va noqonuniy savdosining oldini olish masalalariga ham e’tibor qaratildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 420
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 0
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 0
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 1
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Bo‘limlar