“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston IIV abituriyentlar va ota-onalarga murojaat yo‘lladi

02 avg, 23:30 4 519 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston IIV abituriyentlar va ota-onalarga murojaat yo‘lladi Davlat test markazining 2018 yil 1 avgustdagi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish uchun ikki smenada tashkil etilgan test sinovlarida 23 ta oliy ta’lim muassasasining 154 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 1 393 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi asosida har bir abituriyentga tartib-qoidalar haqidagi «Eslatma» berilishiga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan ularga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Test sinovlariga kirishdan oldin xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish choralarini ko‘rish maqsadida, Davlat test markazi va ichki ishlar xodimlari tomonidan har bir kirayotgan abituriyentlar metallodetektor yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, test sinovlari jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

IIV keyingi test sinovlarida qatnashish uchun tashrif buyurayotgan abituriyentlardan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishni so‘rab qoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 95
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar