“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:38
ЎЗO‘Z

Deputatlar ikki muhim qonun hujjatini ko‘rib chiqdi

15 iyul, 09:02 5 256 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputatlar ikki muhim qonun hujjatini ko‘rib chiqdi Foto: «Xabar.uz»
Deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 14 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar o‘z ishlarini yangi tahrirdagi «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan boshladilar. Ta’kidlanganidek, mamlakat iqtisodiyotining barcha soha va tarmoqlarida bo‘lgani kabi bojxonaga oid qonun hujjatlarini yanada liberallashtirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvlarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish borasida so‘nggi yillarda muhim tarkibiy o‘zgarishlar qilinmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan bojxona organlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qat’iy rioya qilish ishiga doir normalar belgilab qo‘yilmoqda.

Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolaridan iborat bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, muhokamaga kiritilgan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini huquqiy tartibga solish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini belgilash nazarda tutilgan.

Deputatlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi Harakatlar strategiyasida belgilanganidek 2017-2021 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalarining qizg‘in bahs-munozalaridan so‘ng har ikki qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va mas’ul qo‘mitalarga muhokamalar chog‘ida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olgan holda, ikkinchi o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Majlisda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 89
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar