“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:39
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev paxta bizga nima uchun kerakligi haqida gapirdi

05 iyul, 10:28 7 393 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev paxta bizga nima uchun kerakligi haqida gapirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘ilishda shuningdek, yoshlar bilan ishlashda hali kamchiliklar ko‘pligi ham qayd etildi. Jumladan, Yoshlar ittifoqi tadbirlarida dabdababozlik, yuzakilik ko‘zga tashlanayotgani, yoshlar bilan manzilli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga yetarli e’tibor berilmayotgani tanqid qilindi.

Video selektor yig‘ilishida shuningdek, tajriba natijalaridan kelib chiqib, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilingani aytib o‘tildi.

Farzandlarimiz tarbiyasi, yurish-turishidan har kuni ogoh bo‘lmasak, ilmu-hunarga o‘rgatmasak, ularning qo‘li mehnatda qotmasa, munosib ish topib bermasak, yoshlarni zararli ta’sirlardan himoya qilish qiyin bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektorda mutasaddi va joylardagi rahbarlar jam bo‘lgani bois ayni kunlardagi yana bir dolzarb masala – g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Bu yil ob-havoning quruq va salqin kelishi sababli g‘o‘za rivoji 10-15 kunga, ba’zi joylarda 20-25 kunga kechikkani qayd etildi. G‘o‘za parvarishidagi qoloqlikni bartaraf etish, kafolatlangan hosil yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bu yil davlat tomonidan oldingi yillarda bo‘lmagan barcha sharoitlar yaratib berildi, endi fermerlar ham shunga yarasha javob qilishi kerak. Oldingidek rejaning ortidan quvib, daromadni o‘ylamaydigan, hisob-kitobsiz ish qiladigan fermer bizga kerak emas. Paxta bizga rejani bajarish uchun emas, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish, turmush darajasini yaxshilash uchun kerak, dedi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 96
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar