“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 10:59
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord o‘rnatishdi (video)

04 iyul, 07:23 4 969 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord o‘rnatishdi (video) MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida harbiy-amaliy sportning “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo‘yicha Minsk shahrida o‘tkazilgan halqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Nufuzli musobaqada Belarus (ikkita jamoa), O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalari, Rossiya Federatsiyasi kabi MDHga a’zo davlatlardan oltita jamoa ishtirok etib, 100 va 3000 metrga yugurish, granata uloqtirish, turnikda tortilish, to‘siqli yo‘laklarni 400 metrga yugurish bilan birgalikda o‘tish kabi harbiy kompleks mashqlarni yakka va jamoa tarkibida bajardi.

Musobaqada podpolkovniklar Mansur Mamadaminov va Bahodir To‘xtanazarov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi jamoasi yuqori jismoniy tayyorgarliklarini namoyish qildi.

Kichik serjant Isoqjon Rustamov yagona to‘siqli yo‘laklarni 400 metrga yugurish bilan o‘tishda 2 daqiqayu 13 soniya natija qayd etib, nufuzli musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va harbiy kiyimda musoboqa rekordini o‘rnatdi (ilgari musobaqa ishtirokchilari sport kiyimida qatnashgan edi).

Ushbu musobaqada 4 nafar harbiy xizmatchi leytenantlar Shoxruh Nizomov, Faxriddin Mamarizayev, kichik serjant Isoqjon Rustamov hamda Umid Ahmadjonov “Harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport ustasi” va Abbos Isxaqov “Harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport ustaligiga nomzod” talablarini bajardi.

Uchinchi o‘rin Qozog‘iston vakillariga nasib etdi. G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston harbiylari ushbu xalqaro musobaqalarda birinchi marotaba ishtirok etmoqda. Jumladan, shu yilning 16-20 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan harbiy-amaliy sport turining “Komandirlik startlari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbekistonlik harbiylar munosib ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 4
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 49
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 19
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Bo‘limlar