“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi eng muhim vazirlikka aylantiriladi

21 iyun, 21:32 6 836 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi eng muhim vazirlikka aylantiriladi Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan xalq ta’limi yangi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar – Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovlarga zarur barcha vakolatlar berilishi ma’lum qilindi.

Ta’lim tizimi – farzandlarimizning kamoli bilan bevosita bog‘liq ekanini hech kim inkor eta olmaydi. Axir bolalarimizning asosiy vaqti maktabda, ustozlaridan saboq olishga sarflanadi.

Ayni paytda maktablarda 6 million bola ta’lim olmoqda. Shuncha qorako‘zlar yurtimizning ertasi, istiqbol egalari. Ular har jihatdan bilimli, yetuk bo‘lsagina biz orzuimizdagi kelajakka ega bo‘lamiz.

Shuning uchun ta’lim tizimi infrastrukturasi zamon talablariga muvofiq tubdan o‘zgartiriladi, ta’bir joiz bo‘lsa, butunlay yangilanadi. Shu maqsadda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan xalq ta’limi yangi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar — Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovlarga zarur barcha vakolatlar beriladi. Mazkur vazirlik — eng muhim vazirlikka aylantiriladi. Tuzilmaga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida alohida ta’kidlandi.

Xalq ta’limi tizimiga malakali mutaxassislar jalb etiladi. Shu maqsadga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi.

Tizimga ajratilayotgan mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, manzilli yetib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Tizimga taalluqli mablag‘lar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqsimlanadi. Sohada maqsadsiz mablag‘ sarflash bartaraf etiladi.

Ta’lim tizimini, xususan, Xalq ta’limi vazirligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barcha rahbarlarning muhim vazifalaridan biriga aylanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 562
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 0
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 0
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 1
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 130
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Bo‘limlar