“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 15:11
ЎЗO‘Z

Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi

11 iyun, 20:00 5 955 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.

O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda O‘MI matbuot xizmati.

Mazkur bilim yurtlariga “O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul kvotalari quyidagicha:

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Toshkent sh.;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Kitob shahri;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Andijon sh.;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Namangan shahri;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

“Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Buxoro sh.;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Urganch sh.;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Muhammad al-Beruniy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi,
Nukus sh.;
• 30 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Toshkent sh.;
• 20 nafar (ayol-qizlar uchun).

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Buxoro sh.;
• 20 nafar (ayol-qizlar uchun).

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 2018 yilning 15 iyunidan 10 iyuligacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.

Mazkur ta’lim muassasalariga “Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtini bitirganligi haqida diplomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul kvotalari quyidagicha:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Toshkent sh.;
• 42 nafar (o‘g‘il bolalar uchun);
• 8 nafar (ayol-qizlar uchun).

Mir Arab oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani;
• 25 nafar (o‘g‘il bolalar uchun).

Shuningdek, Toshkent islom institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 2018 yilning 15 iyunidan 30 iyunigacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi bo‘limga o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 562
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 0
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 0
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 1
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 130
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Bo‘limlar