“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:25
ЎЗO‘Z

Ramazon hayiti kuni rasman ma’lum qilindi

11 iyun, 19:00 6 125 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramazon hayiti kuni rasman ma’lum qilindi O‘zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami 15 iyun, juma kuni nishonlanadi. Bugun, 11 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorini imzolagan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi «Kun.uz»ga ma’lumot berishicha, 10 iyun kuni Ramazon hayiti kunini belgilash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari diniy idoralari fatvo bo‘limi rahbarlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, islomshunos va dinshunos olimlar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan va yakunda astronom olimlarning oy to‘lishi bilan bog‘liq xulosalari o‘rganib chiqilib, bu muddat 29 kunni tashkil etayotgani tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tavsiya taqdim etilgan.

«Xalqimiz ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi qabul qilgan qarorini inobatga olib, hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–5290-sonli farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari - Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin», deyilgan hujjat matnida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar