“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

29 мая, 09:03 4 464 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellarda ishga joylashish tizimini takomillashtirish va tubdan qayta isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasida O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilindi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati samaradorligi oshadi.

Manbada ta’kidlanishicha, Agentlik O‘zbekiston fuqarolariga chet ellarda ularning huquqlarini himoyalashda ko‘mak berishi lozim. Bu esa tegishli tayyorgarlik, adaptatsion chora-tadbirlar o‘tkazish va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek tashkilot mehnat migratsiyasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish va ishchilar mehnat huquqlarini ta’minlashda faol ishtirok etishi kerak.

Hujjat imzolangan taqdirda, Mehnat vazirligida xorijda ishga joylovchi agentlik tashkil qilinadi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, chet ellarda xususiy shartnoma bo‘yicha ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari faoliyatini qonuniylashtirish mexanizmini tatbiq qilish taklif qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar