“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:44
ЎЗO‘Z

Toshkentda inson huquqlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

28 noya, 00:23 8 415 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda inson huquqlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2015 yil 26—27 noyabrda «Inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash – mamlakatni demokratik yangilash va modernizasiyalashning asosiy yo‘nalishi: O‘zbekiston tajribasi» mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi «Daryo»ga xabar berdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assosiasiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, BMTTD, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, K.Adenauer nomidagi jamg‘arma, F.Ebert nomidagi jamg‘arma konferensiyaning tashkilotchilari bo‘ldi.

Konferensiyada Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Ruminiya, AQSh, Shotlandiya vakillari hozir bo‘ldi.

Xalqaro konferensiyaning birinchi kuni Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, ular faoliyatida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash, qonunchilikni va parlament nazoratini takomillashtirish, sud-huquq tizimini erkinlashtirish, demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni rivojlantirish, inson huquqlari samarali himoya qilinishini ta’minlash sohasida ularning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida ishtirokchilar shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ushbu sohada jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish va monitoring olib borish sohasida davlat organlari bilan ijtimoiy hamkorlik qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyatini muhokama qildi.

Barcha ishtirokchilar o‘zaro tushunish ruhida o‘tgan konferensiyaning yuksak darajasi, foydaliligi va amaliy ahamiyatini qayd etdi.

Milliy va xorijiy ekspertlar tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilashga doir turli xil takliflar ilgari surildi. Xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar