“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:19
ЎЗO‘Z

To‘rtta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda

11 apr, 17:57 5 526 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘rtta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator dolzarb qonun loyihalari quyi palataning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" yozmoqda.

Xususan, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida Adliya vazirligi tomonidan Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishga kiritishga hozirlik ko‘rilayapti.

Qo‘mita ishchi guruhi yig‘ilishida mazkur qonun loyihasi yuzasidan so‘zga chiquvchi mas’ul deputat belgilab olindi hamda uning muhokamasiga jalb etiladigan mutaxassis va ekspertlar guruhi shakllantirildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan yana bir qonun loyihasini ham Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish mo‘ljallanmoqda.

Ushbu hujjat bilan to‘rtta Qonunga, jumladan, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Byudjet hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish hamda moliyalashtirishning yangi tartibiga amaldagi qonun hujjatlarining muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir.

Qo‘mita ushbu qonun loyihasini quyi palatada ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun ekspertlar guruhini shakllantirib oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar