“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

DXX xodimlari ushlab turilishi yoki qamoqqa olinishi mumkin emas

06 apr, 13:23 20 780 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX xodimlari ushlab turilishi yoki qamoqqa olinishi mumkin emas Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni 15 martda parlament Qonunchilik palatasi qabul qilib, 29 martda Senat tasdig‘idan o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat 6 aprel kuni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilinib, shu kunning o‘zida kuchga kirdi.

Qonunning 37-moddasi «Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

«Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi» deb nomlangan 43-moddada yozilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan byudjetdan tashqari maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 0
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 8
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar