“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Yangi farmon: Prezident devonida yangi xizmat tashkil etildi

05 apr, 17:56 6 208 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi farmon: Prezident devonida yangi xizmat tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha xizmati bazasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish va islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmati tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish va islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari, davlat boshqaruvi tizimlarining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirish;

- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

- Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;

- davlat boshqaruvi tizimining samarali ishlashi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarni to‘liq amalga oshirilishi, qonunchilik hujjatlarini qat’iy amalga oshirilishi, shuningdek byurokratiya, huquqbuzarlik va korrupsiya uchun sharoit yaratayotgan to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlash;

- davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish bo‘yicha kompleks tahlil va takliflar tayyorlash;

- huquqiy tartibga solishning tizimli va barqarorligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida yagona va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

- davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bajarilishini monitoring va nazorat qilish;

- Hukumat faoliyatining samaradorligini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ularga ishonib topshirilgan sohalarda javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolat va mas’uliyatni aniq belgilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

- joylardagi davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tahlil qilish, ularning mas’uliyati va joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishdagi mustaqilligini oshirish, mintaqalarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

- sud tizimining mustaqilligini yanada oshirish, fuqarolarning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ularning faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish;

- sudlarda, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida davlat kadrlar siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, mamlakatdagi huquq va tartib-intizom holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini xabardor qilish.

Xizmatga quyidagi huquqlar berildi:

- davlat organlari va boshqa tashkilotlardan statistika, tahlil va boshqa axborotlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalari tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot talab qilish;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimiga ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida huquqiy kamchiliklarni to‘ldirish va yangi qonunlarni qabul qilish, amaldagi normalarni yoki boshqa hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha majburiy takliflar kiritish;

- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ko‘rib chiqishi uchun respublika davlat boshqaruvi organlari va hokimlari aktlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Belgilanishicha:

- normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga faqat Xizmat tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar istisno sanaladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tomonidan kiritiluvchi loyihalar Xizmat bilan majburiy muvofiqlashtiriladi;

- hukumat qarorlarining loyihalari Xizmat bilan majburiy muvofiqlashtiruvga asosan amalga oshiriladi;

- o‘zida umummajburiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan, jumladan shaxsiy imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etishni nazarda tutuvchi hukumat va idoraviy protokol qarorlari, yozma ko‘rsatmalari qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

- hukumat protokoli qarorlari loyihalari imzolangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy yuridik ekspertizadan o‘tkazilishi va ro‘yxatga olinishi kerak.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tugatiladi, uning balansidagi mulk va boshqa moddiy boyliklar Xizmatga beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar