“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:27
ЎЗO‘Z

Turkiyalik ekspert: O‘zbekiston turizm sohasidan qancha daromad olishi mumkin? (video)

04 apr, 07:32 4 609 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyalik ekspert: O‘zbekiston turizm sohasidan qancha daromad olishi mumkin? (video) O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalariga eng yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribalarining o‘rganilishi shundan dalolat beradi. Sobiq Turkiya milliy assambleyasi deputati, turizm sohasida katta ish tajribasiga ega Sodiq Badak bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Turkiyalik ekspertning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasidan yiliga 15 milliard dollar daromad olishi mumkin.

"2017 yilning iyunidan O‘zbekistonda sayohatlarni o‘rganib, tahlil qilib kelyapman. Bir necha viloyatlarda bo‘ldim, turistik obyektlarni ko‘rdim va soha salohiyatidan to‘liq fodalanilmaganiga ishonch hosil qildim.

Imkoniyatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 10 million nafargacha sayyohni qabul qilish va 10 milliard dollargacha daromad olish imkoni mavjud.

O‘zbekistonning turistik mahsulotlari besh global turistik bozorni qamrab olishi mumkin. Masalan, yevropaliklarni - tarixiy va ekoturizm jalb qiladi, Hindiston, Malayziya va Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Eron fuqarolarini esa - ziyorat turizmi, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya ahlini esa - madaniy-ko‘ngilochar turizm.

Yana shunisi muhimki, O‘zbekiston to‘rt mavsumda ham mehmonlarni qabul qila oladi. Biroq buning uchun infratuzilmani yo‘lga qo‘yish kerak.

O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning javohiri. Mintaqaning boshqa mamlakatlarida bunday salohiyat yo‘q. Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning 4 milliard kishisi sayohatchi hisoblanadi. Ularning aksariyati 4 kundan 14 kungacha sayohat qiladi. Ularning hech bo‘lmaganda 15 millionini jalb qila olsak, u holda yillik daromad 15 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Hozir bu sohada yangi yo‘nalishlar ochilmoqda. Oldimizga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar va makonlarni tavsiya qilib boramiz".

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar